So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Liverpul" futbolchilari Dubayda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Liverpul" futbolchilari Trent Aleksandr-Arnold sharafiga ziyofat uyushtirishdi.
“Arsenal” (2:2) bilan o'yindan so'ng klubning bir necha futbolchilari Dubayga uchib ketishgani avvalroq xabar qilingandi.
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot chempionlikni muddatidan avval nishonladi.
DaveOCKOP xabariga ko'ra, "Liverpul" futbolchilari chempionlikni nishonlash va avvalroq "Liverpul"dan ketishini e'lon qilgan Trent bilan xayrlashish uchun BAAga sayohat uyushtirishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilar, jumladan, sardor Virjil van Deykning yaxtada dam olayotgani aks etgan kadrlar paydo bo'ldi.
Futbolchilar hafta davomida Dubayda qolishlari va juma kuni Liverpulga qaytishlari kutilmoqda. Dushanba kuni mersisaydliklar APLning 37-turi doirasida "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.