So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rasmiylar Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlarini ko'zdan kechirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3

Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, qurilish jarayonining bugungi holati bilan tanishdi.
Tashrif chog'ida rasmiylar inshootlarni zamonaviy inventarlar bilan jihozlash, muqobil energiya manbalari va sifatli qurilish materiallaridan foydalanish muhimligini ta'kidlashdi.
Loyihani amalga oshirayotgan Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi qurilish ishlari bir maromda olib borilayotganini, qoplamalar xalqaro ekspertlar tavsiyalari asosida o'rnatilayotganini ma'lum qildi.
Olimpiya shaharchasi kelgusida o'zbek sporti uchun ilmiy-amaliy mashg'ulotlar markaziga aylanib, uning rivojini yangi bosqichga olib chiqishda yagona klaster bo'lib xizmat qiladi. Mutasaddilar tashrif davomida ish samaradorligini oshirish, qurilish ishlarini o'z vaqtida va sifatli tarzda yakunlash bo'yicha fikrlarini bildirishdi.