"Real" faoliyatini yakunlagan Toni Kroosga hali hamon o'rinbosar topa olmayapti. Klub yozda yana bu pozitsiyaga yangi yulduz olib kelishga harakat qiladi
O'tgan yili Toni Kroosning yo'qotilishi "Real"ga jiddiy zarba bo'ldi, degan fikrlar bor. Yozda madridliklar maydon markaziga yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda.
Cadena SER efirida "Real" "qaymoqranglilar" safida Kroosning ideal vorislari deb hisoblanayotgan ikki futbolchini aniqlagani haqida ma'lumot berildi. Ushbu short-listdan "Manchester Siti"dan Rodri va "Real Sosedad"dan Martin Subimendi o'rin olgan.
28 yoshli Rodri nufuzli Transfermarkt portali tomonidan 130 million evroga, 26 yoshli Martin Subimendi esa 60 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Toni Kroos o'tgan yili faoliyatini yakunlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Ingliz futbolchisi Jyeffri Xerst final o‘yinida xet trik qilgan yagona futbolchi sanaladi. U 1966 yilgi finalda nemislar darvozasini uch bor aniq nishonga olgan.