So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ikki atletimiz xalqaro yarim marafonda g'olib bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3

Tojikistonning Dushanbe shahrida XV xalqaro yarim marafon musobaqasi tashkil etildi. Unda mezbonlardan tashqari O'zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Efiopiya davlatlaridan kelgan atletlar raqobatlashdi.
Engil atletika sport turi dasturidan o'rin olgan yarim marafon bahslari 21 km. 97,5 metr masofada tashkil etiladi.
Dushanbe shahrida o'tkazilgan bu galgi xalqaro yarim marafonda hamyurtimiz Shohrux Davlatov belgilangan masofani 1 soat, 4 daqiqa, 11 soniyada bosib o'tdi va oltin medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, ayollar o'rtasida yana bir mahoratli atletimiz Ekaterina Tunguskova 1 soat, 18 daqiqa, 31 soniya natija bilan finishga etib kelgan holda barcha raqiblarini orta qoldirdi.
Ma'lumot o'rnida aytish lozim, o'tgan haftada poytaxtimizda o'tkazilgan VII Toshkent xalqaro marafonida Sh.Davlatov bronza, E.Tunguskova esa oltin medalni qo'lga kiritgan edi.