So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan kurashchilarimiz munosib taqdirlanishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1

25–30-mart kunlari Iordaniyada bo'lib o'tgan sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Kecha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosida sportchilarimizni taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Tadbirda Bosh prokuratura, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Milliy Olimpiya qo'mitasi, mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati, faxriylar, sportchilar va murabbiylar ishtirok etdi.
Tadbirni studiyadan viloyat hokimlari — MOQning viloyat bo'limlari rahbarlari, prokuratura tizimining hududiy vakillari ham kuzatib borishdi.
Rasmiylar o'z nutqlarida davlatimiz rahbarining sport sohasiga qaratayotgan alohida e'tibori bilan yurtimiz sportchilarining xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlari haqida to'xtalib o'tishdi.
Xususan, kurashchilarimizning qit'a chempionatidagi ishtiroki ulardan yangi Olimpiya davrida katta natijalar kutish uchun asos bo'lishi ta'kidlandi.
Taqdirlash marosimida sportchilar, murabbiylar va tibbiyot sohasi mutaxassislari moddiy rag'batlantirildi. Shuningdek, atletlarga Sport vazirligining bir yillik stipendiya sertifikatlari topshirildi. Terma jamoa bosh murabbiyi Rustam Assakalov esa “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Manba: olympic.uz