So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Manchester Siti" Edersonning o'rniga ideal futbolchini aniqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

"Manchester Siti" yozgi transferlar davrida yangi darvozabon sotib olishi mumkin.
Edersonning shartnomasi kelasi yili yakunlanadi va braziliyalikning klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Jurnalist Saymon Mallokning ma'lum qilishicha, "shaharliklar" avvalroq qiziqish bildirilgani aytilgan "Portu" darvozaboni Diogu Koshta bilan shartnoma imzolash bo'yicha ish boshlashga tayyor. Portugaliyalik futbolchi Edersonga ideal o'rinbosar hisoblanadi. "Manchester Siti"dagilarning fikricha, kelishuvni amalga oshirish uchun 50 mln funt sterling (58 mln evrodan ortiq) etarli bo'lishi kerak.
Transfermarkt portali 25 yoshli Koshtaning narxini 38 mln evroga baholamoqda. Darvozabonning "ajdarlar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.