So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Konte: "Napoli" hamon "Inter" bilan kurash olib borayotganiga aql bovar qilmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya 33-turidan o'rin olgan "Montsa"ga (1:0) qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Neapolliklarga uch ochkoni 72-daqiqada Skott Maktominayning goli keltirdi. Konte jamoasi hisobida 71 ochko bor - bu turda hali o'ynamagan peshqadam "Inter" bilan bir xil.
"Biz o'yinni nazorat qilishga harakat qildik, rejaga amal qildik, ammo shu bilan birga bizga raqib jarima maydonida futbolchilar etishmadi, shuning uchun golli vaziyatlar ko'p bo'lmadi.
Kim nima deyishidan qat'i nazar, biz hamon "Inter" bilan kurashayotganimizni aql bovar qilmaydigan fakt deb hisoblayman. Bu kutilmaganda, hayratlanarli, hech kim mavsum boshida bunday stsenariyni oldindan ko'ra olmagan. Bizga ko'p narsa qarshi, lekin biz qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli engib o'tmoqdamiz. Futbolchilar maqtovga loyiq," - dedi Konte o'yindan keyingi intervyusida.