So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Antoni ten Xag haqida qanday fikrda ekanini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

"Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan "Betis" vingeri Antoni murabbiy Erik ten Xag haqida fikr bildirdi.
Braziliyalik Amsterdamning "Ayaks" va o'sha "Manchester Yunayted" klublarida niderlandiyalik murabbiy qo'l ostida to'p tepgan. Oktyabr oyida ten Xag "qizil iblislar" tomonidan bosh murabbiylikdan bo'shatildi, yanvar oyida esa Antoni ijaraga berildi.
"Men ten Xagdan juda minnatdorman. U Niderlandiyada ham, Angliyada ham menga katta yordam berdi, garchi ["Manchester Yunayted"da] men istaganimcha imkoniyatga ega bo'lmagan bo'lsam-da. Lekin bu murabbiyning tanlovi, undan xafa emasman. Aksincha, hamkorlikda ishlagani, men bilan suhbatlashgani uchun undan minnatdorman. Shak-shubhasiz, u mening shakllanishimda muhim rol o'ynadi," - deya Antonining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.