So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rafinya - "Barselona"ning kambeki haqida: "Men qahramon emasman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7

"Barselona" futbolchisi Rafinya Dias La Liga doirasidagi "Selta"ga (4:3) qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.
"Ko'k-anorranglilar" uchrashuv davomida 1:3 hisobida imkoniyatni boy bera turib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi. G'alaba golini hakam tomonidan qo'shib berilgan sakkizinchi daqiqada Rafinya penaltidan gol urdi. U 68-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 64-daqiqada Dani Olmoga assistentlik qildi.
"Men kambek qahramoni bo'ldimmi? Men qahramon emasman. Qahramonlar - butun jamoa. Kimdir gol urishi uchun jamoa hujumda, himoyada yaxshi harakat qilishi kerak. Biz bir-birimizga yordam beramiz va agar buni bugungidek qilsak, g'alaba qozonishda davom etamiz," - deya Rafinyaning intervyusidan iqtibos keltiradi The Touchline.