So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Pasning "Real"ga qaytishi nimalarga bog'liqligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachi Nikolas Pasni qaytarish fikridan qaytgani yo'q.
20 yoshli futbolchi mavsumni "Komo"da o'tkazmoqda va u erda Sesk Fabregas qo'l ostida o'zini ko'rsatmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, italyan klubi iste'dodli argentinalikni saqlab qolish niyatida va yozda uni yo'qotmaslik uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi. Endi qaror "Real"da: La Liga grandi mavsumlar oralig'ida foydalanishi mumkin bo'lgan o'yinchini birinchi navbatda qayta sotib olish huquqiga ega. Madridliklar Pasning keyingi taqdirini murabbiy masalasi hal bo'lgach hal qiladi.
Eslatib o'tamiz, tez orada "qaymoqranglilar" boshqaruvidan Karlo Anchelotti ketadi, uning o'rnini esa katta ehtimol bilan Xabi Alonso egallaydi - aynan u "Real"ga tez o'sib borayotgan Pas kerakmi yoki yo'qligini hal qilishi kerak bo'ladi.