So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Karlo Anchelottining Braziliya bilan muzokaralari yakuniy bosqichda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

Karlo Anchelotti katta ehtimol bilan Braziliya terma jamoasini boshqaradi.
65 yoshli mutaxassis "Real" bosh murabbiyligidan ketishi kutilmoqda, deb yozadi The Athletic. Uning faoliyatini davom ettirish uchun ko'plab variantlari bor - jumladan, Madrid klubida boshqa lavozimga o'tish. Ammo Anchelottining o'zi Braziliya terma jamoasini boshqarishni ma'qul ko'rmoqda.
Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda.
Ta'kidlanishicha, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) vakili "Real" va "Arsenal"ning Chempionlar ligasidagi javob o'yiniga tashrif buyurgan va shu hafta Anchelotti bilan uchrashishni rejalashtirgan. Biroq tashkilotdagilar bu ma'lumotni rad etishmoqda.
"Bu masala bilan faqat erkaklar terma jamoalari bosh koordinatori Rodrigo Kaetano va prezident Ednaldo Rodriges shug'ullanadi. Ikkalasi ham Rio-de-Janeyroda," - deyiladi CBF xabarida.
Braziliya terma jamoasi iyun oyida Ekvador va Paragvayga qarshi o'yinlarga qadar yangi bosh murabbiy tayinlamoqchi.