So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
La liga. «Atletiko» 90+5-daqiqada gol o'tkazib, «Las-Palmas»ga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1

Ispaniya chempionatining 32-turidan o'rin olgan «Las-Palmas» va Madridning «Atletiko» jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Bellashuv mezbonlarning minimal 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona golni 90+5-daqiqada «Las-Palmas» yarim himoyachisi Xaver Munos kiritdi.
Bu mag'lubiyatdan so'ng «Atletiko»nign ochkolari 63 ochkoligicha qoldi va La Liga jadvalida 3-o'rinni saqlab qoldi. Jamoa 2-o'rindagi «Real»dan 3 ochkoga, peshqadam «Barselona»dan esa 10 ochkoga ortda qolmoqda.
G'alabaga erishgan «Las-Palmas» esa, bu uchrashuvgacha quyi pog'onalardan birida joylashgan bo'lsa-da, ochkolarini 32 taga etkazib, 17-o'ringa ko'tarildi va hozircha tushib ketish xavfidan uzoqlashdi.
Ispaniya — La Liga. 32-tur
2025 yil 19 aprel, shanba. 23:59. «Gran Kanariya», Las-Palmas-de-Gran-Kanariya
Las-Palmas — Atletiko Madrid - 1:0
Gol: 90+5' — 1:0 Xaver Munos