So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
MLS. «Inter Mayami» «Kolambus Kryu»ni mag'lub etdi va Sharqiy konferentsiya peshqadamiga aylandi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4

2025 yil 19 apreldan 20 aprelga o'tar kechasi MLS doirasidagi «Kolambus Kryu» — «Inter Mayami» uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu bahs Klivlenddagi «Xantington Bank Fild» stadionida o'tkazildi va mehmonlar minimal hisobda — 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 30-daqiqada amerikalik yarim himoyachi Benxa Kremaski kiritdi. Unga golli pasni argentinalik himoyachi Marselo Veygandt uzatdi.
«Mehmonlar» tarkibidagi yulduz futbolchilar — Lionel Messi, Luis Suares, Jordi Alba va Serxio Buskets uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi.
Bu g'alabadan so'ng Xaver Maskerano boshqaruvidagi «Inter Mayami» jamoasi Sharqiy konferentsiyasida peshqadamga aylandi va bugungi raqibi «Kolambus Kryu»ni ochkolar bo'yicha ortda qoldirdi. Har ikki jamoa hisobida 18 ochkodan mavjud.
Kelasi turda «Inter Mayami» o'z maydonida «Dallas»ga qarshi o'ynaydi (28 aprel), «Kolambus Kryu» esa 27 aprel kuni «San-Xose Ertkveyks»ni qabul qiladi.
AQSh — Major League Soccer (MLS)
2025 yil 19 aprel, shanba. «Xantington Bank Fild», Klivlend
Kolambus Kryu — Inter Mayami 0:1
Gol: 30' — 0:1 Benxa Kremaski (assist: Marselo Veygandt)