So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Barsa» Levandovski jarohatidan xavotirda. Polyak taxminan qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Robert Levandovski Ispaniya kubogi finalini o'tkazib yuborishi mumkin.
«Barselona» hujumchisi La Liga 32-turidan o'rin olgan «Selta»ga (4:3) qarshi o'yinda sonining orqa qismidan jarohat oldi.
AS nashrining yozishicha, klubdagilar pessimistik kayfiyatda bo'lib, son orqa mushaklarining yorilishi ehtimoli haqida gapirishmoqda. Agar ushbu tashxis tasdiqlansa, polshalik futbolchining Ispaniya kubogi finalida «Real»ga qarshi o'yinda ishtirok etishi istisno qilinadi. Tiklanishning minimal muddati 3 haftani tashkil etadi.
Bunday holatda Levandovskining Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan «Inter»ga qarshi o'yinlarda maydonga tushishi ham dargumon.
«Barselona» Ispaniya Kubogida 26 aprel kuni «Real» bilan o'ynaydi. 30 aprel va 6 may kunlari kataloniyaliklar «Inter» bilan uchrashuv o'tkazadi.