So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bundesliga tarixida ilk bor 1 taymda 8 ta gol kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

«Union» va «Shtutgart» birinchi bo'limda o'zaro 4 tadan gol urishdi.
Bundesliganing 30-tur uchrashuvi Berlinda bo'lib o'tdi.
Andrey Ilich 5-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 19-daqiqada Diogu Leyte «Union»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 23-daqiqada Deniz Undav hisobni qisqartirdi, 29-daqiqada Entso Miyo hisobni tenglashtirdi.
38-daqiqada «Union» yana Leopold Kverfeldning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Yulian Shabo hisobni 3:3 ko'rinishiga keltirgan bo'lsa, Kris Fyurix 1-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan 6-daqiqada Ilich dubl qayd etdi va tanaffusga qadar yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:4. O'yin so'nggigacha hisob o'zgarmadi.
Opta xabariga ko'ra, Bundesliga tarixida birinchi marta tanaffusga qadar 8 ta gol urildi.