So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Bavariya"ning sobiq himoyachisi klubni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

Markus Babbel "Bavariya" rahbariyatining Tomas Myullerga munosabatini tanqid qildi.
Avvalroq, 35 yoshli yarim himoyachi mavsum yakunida myunxenliklar klubini tark etishini ma'lum qilgandi. Yanvar oyida klub unga yangi shartnoma taklif qilmadi.
"U faoliyatining oxirigacha Myunxenda qolishni istardi. Biroq klub uni endi avvalgidek kuchli emas deb hisoblaydi.
"Bavariya" unga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilganiga qarshi emasman. Men buni tushunaman, u 35 yoshda. Ammo bu qanday amalga oshirilganligi mutlaqo bema'nilikdir. "Bavariya"ga xos emas.
Sizda tarixdagi eng zo'r o'yinchilardan biri bor va siz unga munosib taklif bera olmaysiz. Klub olqishlar bilan xayrlashishi kerak edi", – dedi myunxenliklar sobiq himoyachisi.