So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Boks terma jamoamiz Rossiyadagi turnirni ikkinchi o'rinda yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4

14-20 aprel kunlari Rossiyaning Xabarovsk shahri boks bo'yicha xalqaro xotira turniriga mezbonlik qildi.
Ushbu turnirda terma jamoalarimiz ham ishtirok etishdi. Bugun musobaqa yakunlandi va jamoamiz 4 ta oltin, 5 kumush va 7 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Bu natija bilan vakillarimiz umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi.
G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-75 kg. Aziza Zokirova
-63,5 kg. Abdulloh Ma'daminov
-75 kg. Nurislom Ismoilov
-86 kg. Nusratbek Tohirov
Kumush medal:
-50 kg. Gulsevar Ganieva
-60 kg. Shoxrux Abdumalikov
-71 kg. Muhammadazizbek Ismoilov
-80 kg. Rahmatillo Boymatov
-86 kg. Shohjahon Abdullaev
Bronza medal:
-57 kg. Xumorabonu Ma'majonova
-60 kg. Rashida Tagirova
-66 kg. Aysanem Saruarova
-54 kg. Faryozbek Do'smatov
-57 kg. Sanjar Vahobov
-63,5 kg. Adhamjon Muhiddinov
-71 kg. Asilbek Abdurahmonov
Bu haqda O'zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.