So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xokkey. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining III divizioniga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

Xokkey bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marta jahon chempionatida ishtirok etdi. Jamoamiz o'z ishitrokini eng quyi liga — IV diviziondan boshladi.
Terma jamoamiz bugun Malayziyaga qarshi so'nggi tur bahsini o'tkazib, 18:3 hisobida g'alaba qozondi.
Shu tariqa, xokkeychilarimiz turnirda 5 ta o'yin o'tkazib, 4 g'alaba va bir mag'lubiyat (bullitlar seriyasida) qayd etib, 13 ochko bilan divizion g'olibiga aylandi. O'zbekiston raqiblar darvozasiga 79 ta gol urib, o'z darvozasidan 10 ta shayba o'tkazib yubordi.
O'zbekiston 2026 yilgi Jahon chempionatida III divizion B ligasida ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Bu ligada Meksika, KXDR, Gonkon, Filippin, Singapur va Mo'g'uliston terma jamoalari o'rin olgan.