So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
BAA terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

BAA futbol assotsiatsiyasi bugun ruminiyalik mutaxassisi Kozmin Olariu bilan milliy terma jamoani boshqarish bo'yicha ikki yillik shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
BAA terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida hal qiluvchi ikki o'yin kutib turibdi – 5 va 10 iyun kunlari jamoa O'zbekiston hamda Qirg'izistonga qarshi maydonga tushadi. Olariu may oyi so'ngida BAA termasini qabul qilib oladi.
Ayni paytda BAA terma jamoasi saralashning “A” guruhida 13 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi 17 ochko bilan ikkinchi, Eron esa 20 ochko bilan etakchi hisoblanadi.
Kozmin Olariu avval ham BAAdagi bir qator klublarni boshqargan. U ayni paytda “Sharja” klubini boshqargan va jamoa bilan Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasi finaligacha etib borgan. Final o'yini 18-may kuni Singapurning "Lion Siti Seylors" klubiga qarshi bo'lib o'tadi.
Ruminiyalik murabbiy, shuningdek, BAAning “Ayn” va “Shabab Al-Ahli” klublarida ham faoliyat yuritgan.