UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Roma" Shomurodovning asosiy raqobatchisini sotib yubormoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Ukrainalik markaziy hujumchi Artyom Dovbikning o'yini "Roma"ga ma'qul kelmayapti. Calciomercato nashri jurnalistlarining ma'lum qilishicha, Rim klubi rahbariyati hujumchini sotib yuborib, uning o'rniga boshqa hujumkor futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko'ra, Dovbikka da'vogarlar orasida Milanning "Inter" va "Napoli" klublari tilga olinmoqda. Hujumchining ehtimoliy transfer summasi 25 million evro atrofida bo'lishi mumkin.
Italiya chempionatining joriy mavsumida ukrainalik 28 ta o'yin o'tkazdi. Dovbik o'z hisobiga 11 ta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Artyomning rimliklar bilan mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!