So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Gvardiola: “Agar EChLga yo'llanma ololmasak, bu klubning yozgi transfer siyosatiga salbiy ta'sir qiladi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining kelgusi mavsumda EChLda ishtirok etishi xususida fikr bildirdi.
Uning aytishicha, agar jamoasi EChLga yo'llanma ololmasa, bu klubning yozgi transfer siyosatiga salbiy ta'sir qilishini aytdi.
“Yozda biz qiziqish bildiradigan futbolchilarga da'vogarlar ko'p bo'lsa, ular eng avvalo Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoani tanlashadi. Odatda futbolchida tanlov bo'lsa shunday qiladi Ehtimol, ba'zi futbolchilar baribir klubimizni tanlashar, boshqalar esa Chempionlar ligasiga chiqmaganimiz uchun rad etishlari mumkin”, – deydi ispaniyalik mutaxassis.
”Man Siti” ustozining qo'shimcha qilishicha, u hali hech qaysi futbolchi bilan kelasi mavsum haqida gaplashmagan.
APLning 32-turidan so'ng “Manchester Siti” turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.
Avvalroq, Chempionlar ligasining kelasi mavsumida APLdan 5 ta jamoasi ishtirok etishi aytilgandi.