So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mbappe muhim o'yin oldidan mashg'ulotda ishtirok etmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ertaga, 20 aprel kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya Primerasining 32-tur doirasidagi "Atletik" (Bilbao)ga qarshi o'yin oldidan jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti. Bu haqda "The Athletic" nashri jurnalisti Gilermo Ray X ijtimoiy tarmog'ida (ilgari Twitter) xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, frantsuz futbolchisining to'pig'idagi shish hali ham to'liq qaytmagan va u bu muammodan bezovta bo'lmoqda. Shunga qaramay, Mbappening 26 aprel kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi finalida "Barselona"ga qarshi o'yinda qatnashish imkoniyati mavjud.
Eslatib o'tamiz, hujumchi ushbu jarohatni Chempionlar ligasi chorak final javob bahsida "Arsenal"ga qarshi o'yin (1:2) paytida olgan edi.