So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Antoni "Manchester Yunayted"da o'ynash haqida: "Shaxsiy hayotim ko'p narsaga xalaqit berdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Antoni shaxsiy hayoti unga "Manchester Yunayted"da o'zini ko'rsatishga xalaqit bergan deb hisoblaydi.
Braziliyalik vinger 2022-yilning avgustida "Ayaks"dan Angliya klubiga bonuslar bilan birga 100 million evro evaziga o'tgan edi. 2023-yilda futbolchining sobiq sevgilisi uni tan jarohati etkazganlikda ayblagan edi.
Antoni hozirda “Betis”da ijara asosida o'ynamoqda.
“Shaxsiy hayotim katta to'siq bo'ldi. Yoqdimi-yo'qmi, bu menga katta ta'sir qildi.
Men o'z salohiyatimni bilaman – JChga borganim bejiz emas, “Yunayted”ga katta pul evaziga sotib yuborilganim ham bejiz emas va men o'zimning qadrimni bilaman. Odamlar ma'lum daqiqalarni ko'rishadi, lekin katta voqealarga qaramaydilar.
"Manchester Yunayted"da yaxshi va yomon lahzalarni o'tkazdim, lekin men ko'proq ish qilishim va yaxshiroq o'ynashim mumkin edi", dedi Antoni.