So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Artetaning aytishicha, hozirgi "Arsenal" yuqori darajadagi o'yinchilarni sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikricha, London klubi hozirgi bosqichda yuqori saviyali futbolchilarni xarid qilishga qodir. 16-aprel, chorshanba kuni “kanonirlar” chorak final bosqichida “Real”ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishdi.
"Har safar biz futbolchilar bilan gaplashsak, ular klubimizning bir qismi bo'lishni xohlashadi. Bu "Real"ga qarshi g'alaba "Arsenal"ga yanada ishonch bag'ishlaydi. Men bunday oqshomlarning bir qismi bo'lishni xohlayman. Klubimiz hozir yaxshi holatda. Umuman olganda, biz tayyormiz, "Arsenal" kuchli va har qanday futbolchini o'ziga jalb qila oladi", - deydi Arteta.
"Arsenal" Chempionlar ligasi yarim finalida "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi. Birinchi o'yin 29-aprel kuni, javob o'yini 7-may kuni bo'lib o'tadi.