So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Raneri: "Dovbikning o'yinidan hali to'liq qoniqmadim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Verona"ga qarshi A Seriyaning 33-tur uchrashuvi oldidan jamoaning ukrainalik hujumchisi Artem Dovbikning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoada aybdorlar yo'q, hammasi doim 50/50 bo'ladi. U ko'proq harakat qilishi kerak, ba'zida u sprintlar qiladi, lekin biz unga pas bermaymiz, shuning uchun bu o'zaro javobgarlik.
Unga har doim aytadigan narsam shuki, menga nafaqat uning gollari, balki jamoa o'yinidagi umumiy hissasi ham kerak. U yugurishi va maydonda ko'rinishi kerak. Men hali undan to'liq mamnun emasman. U ko'proq jamoaviy o'yin ko'rsatishi kerak", - deydi Raneri.
Joriy mavsumda Artem 41 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.