UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Saidjamshid Jafarov rossiyalik tajribali raqibini mag'lubiyatga uchratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida IBA.Pro 2 professional boks turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqa doirasida hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ham ringga ko'tarildi. "Premier Boxing Academy" jamoasi a'zosi bo'lgan Jafarov rossiyalik tajribali Sergey Lubkovichga qarshi olti raundlik to'liq jang o'tkazdi.
Super yarimo'rta vazn toifasida tashkil etilgan jangda Saidjamshid tajribali raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Bu Lubkovichning prof faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Bunga qadar u 18 ta jangda g'alaba qozongan edi.
Manba: O'zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!