So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Andijon» yig'ini Toshkentga ko'chadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14249

Avval xabar berganimizdek, «Andijon» jamoamiz 3 yanvardan o'z qarorgohida tayyorgarlikni davom ettirayotgandi.
Bugun rejaga ko'ra, «burgutlar» mahalliy «UzTongXonKo» jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Mazkur nazorat uchrashuvida tajriba o'z so'zini aytib, «burgutlar» 5:2 hisobida g'alaba qozondi.
Darvoqe, bosh murabbiy Ildar Sakaev va uning yordamchisi Amet Memet kecha Andijonga etib keldi. Bugungi o'yinni mazkur murabbiylar ham bevosita kuzatib bordi.
Tarkibga tajribali himoyachi Ruslan Melzitdinov kelib qo'shilganini aytish lozim.
Bugungi nazorat o'yinidan keyin jamoa a'zolariga bir kunlik dam berildi. Endi andijonliklarning yig'ini 9 yanvardan Toshkentda davom ettiriladi.
10 yanvardan tarkibga yana bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.
Shuningdek poytaxtdagi yig'in chog'ida bir nechta nazorat uchrashuvlarini tashkil etish ham rejadan o'rin olgan.
«Andijon» matbuot xizmati.