So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston terma jamoasi Dubayga etib borib, mehmonxonaga joylashdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11323

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun BAAning Dubay shahriga etib bordi va “Roda Al Bustan Roda Al Bustan” mehmonxonasiga joylashdi.
O'zbekiston terma jamoasi “F” guruhida Ummon, Yaponiya hamda Turkmaniston bilan bahs olib boradi. MTJ guruh bosqichidagi birinchi o'yinni 9 yanvar kuni Ummonga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:30da Sharja shahridagi “Sharjah Stadium”da boshlanadi.
Demak, Osiyo Kubogi musobaqasiga yo'l olgan O'zbekiston milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Himoyachilar:
Egor Krimets ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Renofa Yamaguchi", Yaponiya)
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg'unboev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya)
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
Hujumchilar:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv").