So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi: "O'zbekiston terma jamoasi — o'zbek futbolining oltin avlodi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12441

Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Don Guk Li O'zbekiston jamoasi tarkibi yosh va iqtidorli futbolchilardan iboratligini ma'lum qildi. Ushbu jamoani o'zbek futbolining oltin avlodi deyish mumkinligini qo'shimcha qildi.
Osiyo Kubogida hayratga soluvchi jamoa bu O'zbekistondir. Ular birgalikda ulg'ayishdi, yoshlikdan elkama-elka turib maydonga tushishardi. Ularning bu hamjihatligi ko'p jamoalar uchun xavf tug'dirishi mumkin , - dedi Osiyo Kubogi rasmiy saytiga bergan interyusida.
Don Guk Li so'nggi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini kuzatganligi ma'lum qildi. Ularning o'yini zo'r taassurot qoldirgan.
Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda 3:4 hisobida Janubiy Koreyaga yutqazib qo'ygandi. Hal qiluvchi 4-gol mashaqqatli o'yinning qo'shimcha vaqtida, 118 daqiqada, O'zbekiston jamoasining bir o'yinchisiga qizil kartochka berilganidan so'ng urilgandi.
2018 yil 20 noyabrda Koreya jamoasi o'rtoqlik o'yinda O'zbekiston terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida ustun kelgandi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5 yanvardan 1 fevraligacha bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.