So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Muxlislar kechira olmagan «Sotqinlar»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2531

Jahon futbolida transferlarodatiy holga aylanib qolgan desak, adashmaymiz. Lekin shunday tranferlar borki, ularni muxlislar hozirgacha hazm qila olishmaydi. Shu haqida…
Karlos Tevez
«Manchester Yunayted»dan - «Manchester Siti»ga
Karlitos «qizil iblislar» tarkibida hamma sovrinlarni yutadi.Runiy va Ronaldo bilan bir tandem sifatida hujum chizig'ining oldida harakat qilgan Tevez butun Evropani o'ziga qarata oladi. «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazish arafasida turgan futbolchiga birdaniga juda ham katta miqdordagi summa yozilgan shartnomani «Shaharliklar» taklif qilishadi. Tevez hech qanday tushuntirish va izohlarsiz katta moash ilinjida «qizil iblislar»ninig ashaddiy raqibi bo'lgan «Siti»ga o'tib ketadi. Muxlislar Tevezninig bu ishini hech ham qabul qila olishmaydi. Ikki jamoa to'qnashuvida Tevezga atalgan deyarli 50 ga yaqin bannerlarni ko'tarishadi. Bu ham etmaganidek mashinasining oynalarini bir necha marotaba sindirib ketishadi. Tevez vaziyatning chuqurlashayotganini ko'rgach, video murojaat orqali sobiq jamoasi muxlislaridan uzr so'raydi.
Mariyo Gyottse
«Borussiya D» dan – «Bavariya» ga
«Borrussiya D» jamoasidagi fantastik mavsumlardan so'ng unga haridorlar ko'payib ketdi. Yigitcha shuhratga uchib, jamoasining yangi shartnomasidan bosh tortadi.Klopp o'sha paytlar shu voqeaga chiroyli izoh bergandi: “Mariyoni to'g'ri tushunish kerak. U bizga qo'lidan kelganicha yordam berdi. Endi uni qo'yib yuborishimiz lozim. Biz «Bavariya»ga yo'q demaymiz” Lekin o'zi shundog'am zaiflashib qolgan jamoani tashlab ketishini dortmundliklar kechira olishmadi. Mariyo «Signal Iduna Park» ga mehmon bo'lib kelganida aqlbovar qilmas hushtakbozlik boshlanadi. Ayniqsa, muxlislar ommaviy ravishda Gyotzeninig sariq - qora liboslarini ochiqchasiga yoqib yuborishadi. Bu keyinchalik stadiondan Internetga ko'chadi.Mariyo balki shu sabab, balki jarohat sabab «Bavariya» da o'ynab keta olmaydi.
Luis Figo
«Barselona» dan – «Real Madrid» ga
Mana buni kataloniyaliklar haligacha hazm qila olishmaydi. Figo «Barsa» bilan 5 ta ajoyib mavsum o'tkazadi. Klublar doirasida hamma yutuqlarga erishadi. U muxlislarninig yoqimtoyi va kataloniyaliklarninig eng sevimli o'yinchisi edi. Birdan matbuotda Figoninig «Real» ga o'tgani haqida tarqalgan xabardan butun Kataloniya shok holatiga tushub qoldi. Sababi, Figo «Real» bilan shartnoma imzolamasligini, bu shunchaki muzokara ekanligini aytib muxlislarni tinchlantirgan edi. Lekin «Real»ninig moliyaviy qudrati shunchalik ediki Figoni Madridga olib ketish uchun, o'sha paytda aqlbovar qilmas summa - 37 million evroni bemalol to'lab beradi. «Elklassiko»dagi ilk uchrasuvidayoq «Real» safida «Nou Kamp» ga kelgan Figo o'sha uchrasuvni haligacha tushlarida ko'rsa ajab emas. Chunkiuchrashuv hakami bir necha marotaba o'yinni to'xtatib turishga majbur bo'ladi. Kataloniyaliklar ochiqchasiga Figoga qo'lga ilingan narsani uloqtirib, norozilik ko'rsatishadi. Xatto burchak to'pini, tepishga kelayotganFigoga cho'chqaninig kallasini uloqtirishadi… Figo «Real Madrid»da «Barsa» da o'ynagandek o'ynab keta olmaydi. Oradan 4 yil o'tgach, Figu Portugaliyada bo'lgan Evro - 2004da Gretsiya termasiga qarshi uchrashuvdabir muxlis tomonidan qattiq izza qilinadi. Muxlis maydonga tushib keladi va yugurgancha Figu tomon kelib, uninig yuziga «Barsa» emblemasi tushirilgan sharfni uloqtirib ketadi… «Barsa» muxlislari uni xaligacha sotqin deya atashadi...