So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7798

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Qarorga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat sheriklari etib belgilanadi.
Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat yurituvchi hududiy Tanlov komissiyalari tomonidan o'tkaziluvchi tanlov natijasiga muvofiq tuziladi.
Hududiy Tanlov komissiyalari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari vakillari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari vakillari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish boshqarmalari vakillari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari.
Tanlov Komissiyasi toq sonli a'zolardan iborat bo'lishi kerak.
Davlat sheriklariga:
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko'rib chiquvchi Komissiyalari tuzilsin. Belgilansinki, Komissiya: davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko'rib chiqadi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ma'qullash, rad qilish yoki qayta ishlash haqida qarorlar qabul qiladi;
ma'lum bir davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshlash va zaruriy hujjatlarni (loyihaning texnik-iqtisodiy asoslantirilishi, davlat-xususiy sheriklik bitimi loyihasi va moliyaviy model) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligiga (keyingi o'rinlarda - Agentlik) taqdim qilish;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini texnik-iqtisodiy asoslantirilishini e'tiborga olgan holda sportni rivojlantirish loyihasini Agentlik bilan birgalikda keyinchalik Komissiyaga kiritish maqsadida baholash;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini Komissiyaga kiritish;
Komissiya tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasi ma'qullanganidan so'ng, loyihani amalga oshirish haqida qaror tayyorlash. Bunda loyihani amalga oshirish haqida qarorda loyihaning barcha muhim moliyaviy va iqtisodiy tavsiflari belgilanishi lozim;
loyihani amalga oshirish haqida qarorga muvofiq tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;
tanlov tartib-taomillarni tashkil etish va o'tkazish: tanlov komissiyasi tomonidan kelib tushgan takliflarni ko'rib chiqish va baholash, g'oliblarni hamda, ikkinchi o'rin egallaganlarni aniqlash;
g'oliblarni aniqlash mezonlar bo'lmagan davlat-xususiy sheriklik bitimi nizomlarini aniqlash uchun tanlov g'oliblari bilan yakuniy muzokaralarni o'tkazish;
xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik bitimini hamda, mavjud bo'lsa moliyalashtiruvchi tashkilot bilan to'g'ridan-to'g'ri bitimni imzolash.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi haqida, uni tayyorlash va amalga oshirilishi haqida, hamda xususiy sheriklarni tanlash haqida axborot Davlat sherigining rasmiy saytida hamda Agentlikning rasmiy saytida joylashtirilishi lozim.
Qarorga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida, qo'shimcha shtat birliklarini kiritilishini ko'zda tutgan holda:
3 shtat birligidan iborat bo'lgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi sport muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi;
2 shtat birligidan iborat bo'lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi bo'limilari tashkil etiladi.
Olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik sub'ektlariga topshirilgan ob'ektlarda nodavlat jismoniy tarbiya va sport muassasasi faoliyati tashkil etilgan kundan boshlab davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlar amal qilishining muddatlari mobaynida uni qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari, shuningdek, rekonstruktsiya qilinishi va mukammal ta'mirlanishi lozim bo'lgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini xatlovdan o'tkazib, ularning ro'yxatini tuzish;
har yili 1 fevralga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida nodavlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratilishi mumkin bo'lgan er uchastkalarini aniqlab, ularning tasdiqlangan ro'yxatlarini O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligiga taqdim etish;
O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi bilan birgalikda qisqa muddatlarda nodavlat jismoniy tarbiya va sport muassasasini tashkil etish uchun er uchastkasi ajratilishini, shuningdek, er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta'minlashi lozim.