So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Pustite menya na tantspol»: MOQ va taekvondo WTF assotsiatsiyasi Yangi yil tadbiriga «HammAli» guruhini taklif etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22530

Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi tomonidan yangi yil bayramiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.
Chunki Yangi 2019 yil eshik qoqmoqda. Aynan shu maqsadda bugun, 22 dekabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi hamkorligida bolajonlar uchun yangi yil bayrami tashkil etib berildi. Tantanali bayram davomida tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi.
Shuningdek, o'zbek estradasi yulduzlari Oybek va Nigora, Rossiyadan tashrif buyurgan mashhur «HammAli» guruhi ijrosidagi chiqishlar nafaqat bolajonlarga, balki ular bilan bayramga tashrif buyurgan ota-onalarga ham manzur keldi.
Bayram tadbiriga 100-sonli ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internati tarbiyalanuvchilari ham tashrif buyurishdi. Bayram davomida namoyish etilgan ertak esa yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.