So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekistonda ilk marotaba! MOQ «Milliy sport mukofoti-2018» taqdirlash marosimini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40496

2018 yil o'zbek sporti uchun har tomonlama muvaffaqiyatli kechdi. Yil davomida o'zbekistonlik sportchilar Indoneziyada o'tkazilgan XVIII Osiyo va III ParaOsiyo o'yinlari, shuningdek, Argentinadagi III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida medallar soni bo'yicha ham, sifati bo'yicha ham rekordlarni yangilashdi. Bundan tashqari hamyurtlarimiz turli xalqaro musobaqalarda, reyting turnirlarida, qit'a va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Yil yakunlangani sari, har bir sohada erishilgan yutuqlar, kamchiliklar sarhisob qilinadi, eng yaxshilar e'tirof etiladi. Jumladan, sport sohasida ham. Shu maqsadda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan ilk marotaba katta masshtabdagi «National Sports awards-2018» (Milliy sport mukofoti-2018) taqdirlash kechasi tashkil etiladi.
Xabaringiz bor, sport sohasida yil lauretlarini aniqlash maqsadida MOQ rasmiy sayti www.olympic.uz da to'rtta yo'nalish bo'yicha so'rovnoma tashkil etilgandi. Endi Milliy olimpiya qo'mitasining maxsus komissiyasi so'rovnoma natijalarini o'rganib chiqadi va yakuniy qaror 28 dekabr kuni «Xalqaro anjumanlar saroyi»da o'tkaziladigan taqdirlash marosimida e'lon qilinadi. O'sha oqshom umumiy hisobda 18 yo'nalida yilning eng yaxshilariga mukofotlar topshiriladi.
Darvoqe, ushbu tantanali taqdirlash marosimiga tashrif buyurish imkoniyati muxlislarda ham mavjud. Olympic.uz saytining Facebook’dagi sahifasi orqali tashkil etiladigan tanlov orqali ushbu tadbir uchun taklifnomani qo'lga kiritishingiz mumkin. Shoshiling, bunaqasi hali bo'lmagan!