So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“Al-Ayn” ustozi: “Real” — “Mersedes”, “Al-Ayn” esa “Smart”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37752

“Al-Ayn” klubining xorvatiyalik ustozi Zoran Mamich bugun bo'lib o'tadigan KO'JCh finalidan oldin fikr bildirdi.
Final haqida: “Bu erda ajoyib atmosfera hukmron. “Real” kuchli jamoa va biz o'zimizni raqib bilan tenglashtira olmaymiz. Ammo bizda “Real”ni mag'lub etishga bo'lgan juda kuchli ishtiyoq bor va bundan foydalanamiz”.
Jamoaning holati haqida: “Oxirgi paytlarda juda ko'p o'yin o'tkazdik. Futbolchilarda charchoq bor, o'yinchilar toliqqan. Ammo rotatsiyalar tufayli biz o'yinga tayyor bo'lamiz”.
“Al-Ayn”ning imkoniyati haqida: "Hech narsa deya olmayman, bu futbol. Biz g'alabaga ishonishimiz kerak. Men har bir o'yinda g'olib bo'lishni xohlayman. Ammo shunisi aniqki, “Real” — bu “Mersedes”, biz esa “Smart" kabimiz”, dedi Mamich.