So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Polvonlarimiz jahon chempionatida 15 ta medalga ega chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2652

Jahon chempionatida to'liq tarkib bilan ishtirok etgan terma jamoamiz ikkita oltin, uchta kumush va o'nta bronza medallar shodasiga ega chiqishib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'ringa loyiq ko'rildi.
Joriy yilning 6-9 dekabr kunlari Rossiya davlatining Qozon shahrida 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etgan belbog'li kurashchilarimiz 7 ta oltin, 6 ta kumush va 7 ta bronza medallarni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi egallashgan edi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay polvonlarimiz yana muvaffaqiyatlarga erishib, xalqaro sport arenasida Yurtimiz bayrog'ini yana bir bor eng baland hilpirashini, madhiyamiz sadolari baralla yangrashini ta'minladilar.
Kecha Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida belbog'li kurash bo'yicha 1998-2000 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida Jahon chempionati musobaqasi bo'lib o'tdi. Yigirma to'rtta davlatdan ikki yuz ellik nafardan ortiq polvonlar ishtirok etgan mazkur Jahon chempionatida o'smirlar sakkiz vazn toifasida, qizlar esa oltita vazn toifasida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada to'liq tarkib bilan ishtirok etgan terma jamoamiz ikkita oltin, uchta kumush va o'nta bronza medallar shodasiga ega chiqishib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'ringa loyiq ko'rildi.
Natijalarga ko'ra, Sardorbek Madaminov (68 kg. Andijon) hamda Nodirbek Ahatjonov (82kg. Andijon) lar o'z vazn toifalarida barcha raqiblaridan ustun kelib, Jahon chempionlariga aylangan bo'lishsa, Sarvarjon To'xtasinov (62 kg. Namangan), Rivojiddin Sharofiddinov (75 kg. Namangan), Durdonaxon Abdukarimova (+76 kg. Andijon)lar ikkinchi o'rinlarni band etishdi. Zukurjon Kosheterov (57 kg. Qoraqalpog'iston), Muhammadmahmud Ashurov (90 kg. Andijon), Oybek Karimov (90 kg. Farg'ona), O'rinboy Abdisamatov (100 kg. Farg'ona), Kamolaxon Habibullaeva (48 kg. Andijon), Quralay Asetullaeva (48 kg. Qoraqalpog'iston), Shahzoda Ergasheva (52 kg. Andijon), Manzuraoy Mo'ydinova (48 kg. Farg'ona), Dilafruz Mamajonova (66 kg. Namangan), Arzigul Akimbaeva (76 kg. Qoraqalpog'iston) lar uchinchi o'rinlarni egallashdi.