So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Islom Ahmedov: «Murabbiylar qilinishi lozim bo'lgan ishlarni tushunishmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9198

Toshkent shahrida futbol bo'yicha murabbiylar uchun «Pro» diplomi uchun o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda. Mazkur kurslarda 21 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.
Kecha Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur kurslarda o'qiyotgan murabbiylar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda FIFA va AFC instruktori Islom Ahmedov, Ro'ziqul Berdiev, No''mon Hasanov, Davron Fayziev, Hamidjon Aktamov, Jasur Abduraimov, Rustam Abdullaev hamda Bahrom Haydarov kabi murabbiylar ishtirok etdi. Uchrashuvdan so'ng o'quv-kursida instruktor sifatida faoliyat olib borayotgan Islom Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.
«Bu yilgi o'quv kurslari Evropa standartlari asosida tashkil etilmoqda. Avvallari bunday kurslar 6 oy bo'lardi. Endi esa 1 yil davom etadi. Hozircha ikkita modul yakunlandi. Futbol talablari o'zgarib bormoqda.
Murabbiylarimiz tahlillar asosida qilinishi lozim bo'lgan ishlarni tushunishmoqda. Ushbu kurs orqali biz Superliga, Proligada faoliyat olib borayotgan murabbiylar bilan doimiy ravishda aloqada bo'lamiz. Kurs qiziq o'tmoqda. Men murabbiylarimiz uchun xursandman», – dedi Islom Ahmedov.