So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Qilichbozlik. Sherzod Mamutov Rossiya ochiq chempionatida sovrindor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20405

Shu kunlarda qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston kadetlar terma jamoasi a'zolari Novosibirskda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishayotgandi. Yig'in doirasida hamyurtlarimiz 4 karra Olimpiya o'yinlari chempioni S.Pozdnyakov sovrini uchun kadetlar o'rtasidagi Rossiya ochiq chempionatida ham ishtirok etishdi. Ushbu musobaqada Rossiya va O'zbekistondan tashqari qozog'istonlik qilichbozlar ham qatnashishdi.
O'g'il bolalar o'rtasidagi bellashuvlarda 133, qizlar o'rtasidagi bahslarda esa 99 nafar sportchi ishtirok etdi.
Quvonarlisi, o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sherzod Mamutov yarim finalgacha etib borib, bronza medaliga ega chiqdi. Terma jamoamizning boshqa bir a'zosi Bobur Rasulov esa musobaqaning chorak finalida mag'lub bo'ldi. Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda Zaynab Dayibekova 1/8 finalgacha etib bordi.
Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Rossiya terma jamoasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega va musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan rossiyalik yosh qilichbozlar terma jamoa safida jahon va Evropa chempionatlarida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Ma'lumot uchun, 13-marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada ilk marotaba xorijiy qilichboz, ya'ni Sherzod Mamutov sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.