So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Dzyudo federatsiyasiga yangi rais saylandi, Umid Ahmadjonov unga Tokio Olimpiadasida oltin medal olish vazifasini yukladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6444

Bugun, 20 dekabr kuni O'zbekiston dzyudo federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Yig'ilish kun tartibidan o'rin olgan asosiy masalalar tashkilotga yangi rais saylab olishdan iborat edi. Shuni inobatga olgan holda federatsiya rahbarligiga Aziz Kamilov nomzodi ilgari surildi.
Konferentsiya ishtirokchilari taqdim etilgan nomzodni qo'llab-quvvatlashdi va shu tariqa Aziz Kamilov O'zbekiston dzyudo federatsiyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamshid Nasriddinov esa federatsiya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo'ldi.
Konferentsiya davomida so'zga chiqqan Umid Ahmadjonov yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda dzyudo ommaviyligini oshirish, Tokio Olimpiadasida delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etish vazifasini qo'ydi. O'z navbatida buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan etarli shart-sharoitlar yaratib berilishini ma'lum qildi.
Dzyudo federatsiyasining yangi raisi esa o'ziga bildirilgan ishonchni oqlab, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishga tayyor ekanligini aytdi. O'z rejalari bilan tanishtirib o'tdi. O'z navbatida bungacha erishilgan natijalarda, sportning bugungi kunda tutgan mavqeida federatsiyaning avvalgi rahbariyati hissasi katta ekanligini alohida qayd etib o'tdi.
Ma'lumot uchun, Kamilov Aziz Yakubjanovich 1984 yilning 19 iyunida Toshkent shahrida tavallud topgan. Oilali. Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.